“To‘yib nafas olaman...”
Toshkent oqshomi
Har qancha kech bo‘lsa ham
Ko‘chada qaynar hayot.
Toshkent oqshomi shudir,
Doim yorug‘ va obod.
Betakror bu go‘zallik
Aks etar har ko‘chada.
Havas-la unga boqib,
Kayfiyat zo‘r barchada.
Osmondagi yulduzlar
O‘zaro shivirlashar.
Sokin, o‘ychan tabiat
Samo bilan sirlashar.
Kechki salqin shamol ham
Xush yoqadi odamga,
To‘yib nafas olaman
Sayrga chiqqan damda.
Qalbni xushlar bag‘oyat
Turfa rangli chiroqlar.
Bu go‘zallik yonidan
Ketgim kelmas yiroqlar.
Qish qishligini qilsin-da
Yanvar ham ortda qoldi,
Qordan esa xabar yo‘q.
Gupillab yog‘ib bersa,
Ko‘nglimiz bo‘lardi to‘q.
Yer ham to‘ysin qorlarga
Yasaymiz zo‘r qorbobo.
Nachora qor bo‘lmasa,
Yasaymiz-da Loybobo.
Tomlar boshi oq qalpoq
Atrof oq libos kiysin.
G‘ichirlagan qorlarga
Ko‘zimiz rosa to‘ysin.
Erta-yu kech yog‘di deb,
Barcha xursand bo‘lsin-da,
To‘g‘risini aytganda,
Qish qishligin qilsin-da.
Ilyosbek DAMINOV,
Toshkent shahar
294-maktab 8-sinf