Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tabiat taʼrifi

Erkinjon erkalanib,

Savol soʻrar: – bobojon,

Nima oʻzi tabiat?

Ayta qolingiz shu on.

 

– Bolajonim, bolajon,

Tabiat bu – onadir.

Goʻyo ulkan boyliklar

Toʻplangan bir xonadir.

 

Kimdir unga otsa tosh,

Bizga ham botar tigʻday.

Tabiat – onamizni

Asraylik qorachigʻday.

 

Nilufar AKROMOVA,

Buxoro viloyati Kogon tumani

3-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.