Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustozimga

Sizga boʻlsin yuksak hurmat, ehtirom,

Har bitta soʻzingiz foydali kalom.

Bilim bu – baxt demak, bilim bu – orom,

Ustoz, bayramingiz muborak boʻlsin.

 

Siz – mening zehnimni aylagan oʻtkir,

Soʻzingiz purmaʼno, soʻzingiz bir sir,

Shogirdga otadan ulugʻ boʻlgan pir,

Ustoz, bayramingiz muborak boʻlsin!

 

Gulnoza GULMIRZAYEVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Yuridik kolleji oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.