Tandir
Shiddat bilan rivoj topmoqda –
Zamonamiz, bu hali kamdir.
Nonni inson pechda yopmoqda,
Unutilib ketmoqda tandir.
Tandirnondan boʻldikmi zada?
Qoʻyyapmiz-ku, uni unutib.
Tarix bordir har bir narsada,
Pech nonini biz oldik kutib.
Bilmam, uni kimlar yaratdi,
Chorlar meni nega hadikka?
Tandirnon-la tik edi qaddim,
Oʻrgatardi oʻtnafaslikka.
Sezyapsizmi, sogʻinchim hissin?
Balki sogʻinch, balki alamdir.
Pech noniga bermanglar izn,
Unutilib ketmasin tandir.
Madinabonu ABDUQAHHOROVA,
Andijon viloyati Paxtaobod tumani
36-maktab 9-sinf