Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Temir yo‘llarda

Temir bo‘lish kerak irodasi ham,

Bizning temir yo‘lda ishlamoq uchun.

Halollik qo‘lidan ushlamoq kerak,

Temir yo‘l nonini tishlamoq uchun.

 

Mening dadajonim temir yo‘lchidir,

Mehnat qilmoqdalar ko‘p yildan buyon.

Zahmatkash, fidoyi mehnatlari-chun,

Qalbdan faxrlanib ketaman chunon.

 

Charchamang, deyman hech ulug‘ ishlardan

Ollohim qilsin-da sabringizni keng.

Umringiz uzoq va ziyoda bo‘lsin,

Misoli siz qurgan relslarga teng.

 

Malohat NIZOMOVA,

Navoiy viloyati Navbahor tumani

11-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.