Qizg‘aldoq
Ma’yus turma, lolaqizg‘aldoq,
Bekor to‘kma ko‘zdan yoshingni.
Mag‘rur turgin, sen mana bundoq,
Gunohkordek egma boshingni.
Qizg‘aldog‘im, ko‘p achinaman,
Malol olma bu aytgan so‘zim.
Tushunmadim, balki men nodon,
Balki yerga qilarsan ta’zim.
Tegib ketsam to‘kilar fusun,
Buncha nafis, nozik yaproqsan.
Kuylab o‘tdi Muhammad Yusuf
She’rlarida o‘zing ardoqsan.
Muxtasar QOSIMOVA,
Farg‘ona viloyati Buvayda tumani
52-maktab 8-sinf