Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Bahor ertagi

Zumrad dalalarni bezatib maysa,

Daraxt shoxlariga oppoq dur taqar.

Go‘zal tabiatga oro, zeb berib,

Xarsanglarni quchib daryolar oqar.

 

Qushlar uchar tiniq samo qo‘ynida,

Yalpizlar yashnaydi – bog‘larga bezak.

Oftob sochar mehr zarralarini

Zamin so‘ylar bahor atalmish ertak.

 

E’zoza NORHAMIDOVA,

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

13-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.