Maqtanchoq olmalar
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bog‘ qo‘ynida azim bir daraxt o‘sar ekan. Unda qirmiz tusli sersuv, shirin olmalar pishar ekan. Ularni ayniqsa bolalar xush ko‘risharkan. Qip-qizil, yirik olmalar ichida ikkitasi juda maqtanchoq ekan. Biri: “Men juda chiroyliman, xuddi yoqutdek tovlanaman” deb kerilsa, ikkinchisi: “Men juda mazaliman, yoqimli ifor tarataman” deb maqtanarkan. Ularning tinimsiz bahslaridan qolgan olmalar juda bezor bo‘lishgan hatto tunlari uxlay olishmas ekan. Kunlardan bir kuni olmaxo‘r ikkita semiz qurt emaklab kelib maqtanchoq olmalarni tanlashibdi va silliq, yaltiroq po‘stlarini teshib yeya boshlashibdi. Ko‘p o‘tmay sho‘rlik mevalar ichi chirib, shoxdan to‘p-to‘p uzilib, yerga tushibdi. Tolib ismli bola olmalarni qo‘liga olib bir tishlabdi-da, “Voy, qurt yeb qo‘yibdi-ku”, deb uloqtirib yuboribdi.
Zamira AYTBOYEVA,
Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani
53-maktab 5-sinf