Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tong otadi

Tong otadi ko‘hna zaminda

Ko‘zlarimda porlaydi bir nur.

Ona diyor quchoqlarida

Tashna yurak topadi huzur.

 

Tong ko‘zlarin ohista ochib,

Dilga joylar ajib bir tuyg‘u.

Uni qarshi olgan qaroqlar

Olam aro taratar yog‘du.

 

Tong ishqalab uyquli ko‘zin

Dilxonamdan simirar ifor.

Go‘zal yurtim kengliklarida

Quyosh kular har safar takror.

 

Madina YO‘LDOSHEVA,

Surxondaryo viloyati Denov tumani

72-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.