Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gul ekdim

Mayin shamollar yeldi,

Loladan ifor keldi.

Qorlar quyoshga taslim,

Bahorim, ko‘rkam faslim.

 

Qaldirg‘ochlar uchganda,

Ko‘kni qushlar quchganda.

Gulga qo‘nsa kapalak,

Yaproqlar chalar qarsak.

 

Bahorda gullar ekdim,

Xo‘p ishladim, ter to‘kdim.

Rahmat, dedi chamamda,

O‘sib chiqdi shu damda.

 

Baxtiyor ABDUVAHOBOV,

Andijon viloyati Marhamat tumani

13-maktab 4-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.