Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurtimda Navro‘z

Osmonni to‘ldirib uchar varraklar,

Bolalar shodligi dunyolarga teng.

Barchaning qalbida ezgu tilaklar,

Yosh-qari, hashar, deb shimarishgan yeng.

 

Ko‘klam nafasidan tuyib nahorda,

Boychechak noz bilan ko‘taradi bosh.

Yetishdik ming shukr, gulga, bahorga,

O‘smalar qo‘yishgan qizlar qalamqosh.

 

Moviy osmon uzra yoydek kamalak,

Yetti xil rangini etadi ko‘z-ko‘z.

Doshqozon to‘ldirib qaynar sumalak,

Bu tinchlik bayrami – yurtimda Navro‘z!

 

Rayhona SAYFULLAYEVA,

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tuman 74-maktab 9-sinf.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.