Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustoz

Qo‘limga ilk qalam tutqazgan ustoz,

Ma’rifat yo‘lida chiroq bo‘ldingiz.

Siz bizga alifbo o‘rgatgan ondan

Yalqovlik, g‘aflatdan yiroq bo‘ldik biz.

 

Savodimiz chiqardik harfma-harf,

Mehnatingiz mevasi – oshdi zehnimiz.

Endi-chi ulg‘ayib, aqlimiz tanib,

Ilmga yurakda oshdi mehrimiz.

 

Endi osmonlarda qilamiz parvoz,

Rahmat sizga aziz, jonkuyar ustoz!

 

Saydaziz SAMATOV,

Toshkent shahar Yunusobod tumani 313-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.