Yo‘llarimda bo‘l chiroq
O‘lma, she’rim o‘lmagin,
Mangulikka da’vo qil.
Yo‘llarimda bo‘l chiroq,
Yuragimni hamroh bil.
Oqayin bo‘lib daryo,
To‘lqin bo‘lib qanot ber.
Har satringdan kuch olay,
Tuyg‘ulardan marjon ter.
Kulgularga cho‘z qo‘ling,
Chapak chalib tursinlar.
Tog‘ cho‘qqisin uchida
Bir kun seni ko‘rsinlar.
Sarvinoz TO‘LIYEVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l akademik litsey 3-bosqich o‘quvchisi