Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Vatan – ko‘zim qarog‘i

Vatan – ona tuprog‘i,

Vatan – ko‘zim qarog‘i.

Vatan – jannatlarga teng,

Vatan – bag‘ri biram keng.

Vatan – birinchi qadam,

Vatan – tubsiz sanasam.

Vatan – tog‘da lolalar,

Vatan – bizning bolalar.

Vatan – tundagi alla,

Vatan – to‘ydagi yalla.

Vatan – chaqnoq kunduzlar,

Vatan – yorqin yulduzlar.

Vatan – nayning ovozi,

Vatan – sozanda sozi.

Vatan – yigitlar, qizlar,

Vatan – kelajak, izlar.

Vatan – Navro‘z, sumalak,

Vatan – ko‘kda kamalak.

Vatan – jilo sochgan bog‘,

Vatan – suyanguvchi tog‘.

Vatan – ozod, mustaqil,

Vatan – beg‘ubor, yakdil.

Vatan – tonggi shudringlar,

Vatan – bayram, yuringlar!

Vatan – mayin sabolar,

Vatan – hayo-ibolar.

Vatan – keksalar, yoshlar,

Vatan – choyxona, oshlar.

Vatan – tandirdagi non,

Vatan – ta'rifi osmon.

 

Yulduzlar

 

Aslida yulduzmas, do‘st ekan ular,

Siringni, dardingni ko‘p yashirarkan.

Qaragan sari qaragim kelar,

Bir joyda miltirab turaverarkan.

 

Zulayho RAHMATOVA,

Toshkent shahri

64-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.