Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yashil tog‘lar

Bahor kelib o‘lkamga

Qisqardi uzun tunlar.

Quyosh kulib olamga

Charog‘on bo‘ldi kunlar.

 

Dov-daraxtlar gullagan,

Chamanzor kabi bog‘lar.

O‘t-o‘lanlar nish urib,

Yam-yashil bo‘ldi tog‘lar.

 

Bulutlar to‘planar goh

Quyoshga joy bermayin.

Kurtaklarni savalab,

Yomg‘ir yog‘ar tinmayin.

 

Sarvinoz FAYZIYEVA,

Jizzax shahar 23-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.