Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yuklama

Yuklama nima deya,

Savol tashladi ustoz.

Ko‘pchilik bilmas ekan,

O‘ylanib qoldi biroz.

Shunda ustoz Olimdan,

Yuklamani so‘radi.

To‘g‘ri javob aytmasa,

Hali bizdan ko‘radi.

O‘ylanib turib Olim,

Shundayin javob berdi:

“Yuklarni tez yukladim

Hammaga foydam tegdi”.

Yuklamani yukladik,

Olimga qoyil qoldik.

Nimagadir hammamiz,

Shu darsdan ikki oldik.

 

Maftunaxon NOSIROVA,

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 21-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.