Yuragimga yo‘l
Asta yuragimga yo‘l ochilmoqda,
Bahor sochim silab, erkalab kulsa.
Tog‘larning qo‘ynidan shovqin solar soy,
Ariqlar labida yam-yashil maysa.
Uning chiroyidan mastligim bilib,
Hislarimni o‘ynab har yonga sochar.
Bahorning jannatiy gullari unib,
Borliqqa birdayin bag‘rini ochar.
Xushro‘y RUSTAMBOYEVA,
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani
1-maktab 10-sinf