Andishaning oti – qo‘rqoq
Ba’zi odam sermulohaza bo‘lib, birov nafsoniyatiga tegadigan gap aytsa ham, unga munosib javob qaytarishning, qattiq-qurum gapirishning o‘rni kelgan bo‘lsa ham, yaqinni, orqa-o‘ngini o‘ylab indamaydi, o‘zini tiyadi yoki muloyimlik bilan javob qaytaradi, andisha qiladi. Ba’zi odamlar esa buning farqiga bormay, “mendan qo‘rqib, indamay turibdi” deb o‘ylab, haddidan oshadi. Ana shunday hollarda “Andishaning oti qo‘rqoq bo‘pti-da!” deb, kinoya tarzida shu maqolni ishlatadilar.