Antiqa tort
Kerakli mahsulotlar: 4 dona tuxum, 1,5 piyola shakar, 1 piyola sut, 1 piyola pista yog‘i, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, 3 choy qoshiq kakao, 2 piyola un.
Kremga: 200 gramm saryog‘ va 200 gramm quyiltirilgan sut.
Tayyorlanishi: Tuxumni shakar bilan 5 daqiqa ko‘pirtiriladi, keyin sut quyiladi, bir piyola pista yog‘i solib yana aralashtiriladi. Ichimlik sodasi, kakao bilan un qo‘shib, suyuqroq xamir qilinadi.
Tayyor aralashma yog‘langan qolipda 30 daqiqa o‘rta olovda pishirib olinib, orasiga krem surtiladi.
NAZOKAT tayyorladi.