Malinali pirog
Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 200 gramm margarin, 1 piyola shakar, 3 piyola un, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi.
Tayyorlanishi: Margarinni qirg‘ichdan chiqarib un bilan uqalanadi. Boshqa idishda tuxum bilan shakar ara- lashtiriladi. Keyin ichimlik sodasi qo‘shib, margarinli un bilan yumshoq xamir qoriladi. Xamirni ikkiga bo‘lib 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yilgach, gaz qolipiga bir bolagini yoyib yuziga malina teriladi, ikkinchi xamirni qirg‘ichdan chiqarib ustiga sepiladi. Malinali pirog 20 daqiqada tayyor bo‘ladi.
NAZOKAT tayyorladi.