Sosiskali kotlet
Kerakli mahsulotlar: 6 dona kartoshka, tuz, murch, un, 1 dona tuxum, 4 dona sosiska.
Tayyorlanishi: Qaynatilgan kartoshkadan bo‘tqa qilib, ta’bga ko‘ra tuz, murch solinadi. 1 dona tuxum va 4 osh qoshiq unni yaxshilab aralashtiriladi. Yelim qog‘oz to‘shab ustiga 2 qoshiqdan bo‘tqa solib tekislanadi. Keyin orasiga 1 donadan sosiskani qo‘yib, yelim qog‘oz yordamida dumaloqlanadi. Tayyor bo‘lgan kokletlarni tuxumli aralashmaga, so‘ngra talqonga botirib olib qizigan yog‘da qizartirib pishiriladi.
NAZOKAT tayyorladi.