Baqlajonli salat
Kerakli mahsulotlar: 2 dona baqlajon, 2 dona pomidor, 2 dona bodring, 2 dona tuxum, 200 gramm yog‘.
Tayyorlanishi: Baqlajonning po‘stini artib somoncha shaklida to‘g‘raladi. 2 dona tuxumga tuz sepib aralashtiriladi. To‘g‘ralgan baqlajonni tuxum bilan aralashtirib, qizigan yog‘da qizartirib pishiriladi. Pomidor bilan bodring ham somoncha shaklida to‘g‘ralib, pishirib olingan baqlajonga qo‘shiladi. Ko‘katlarni mayda to‘g‘rab ta’bga ko‘ra tuz qo‘shiladi. Hammasini aralashtirib dasturxonga tortiladi.