Gullar yomgʻirdan soʻng koʻproq xushboʻy taratadimi?
Maʼlumki, gullardagi efir moylari yomgʻirdan soʻng koʻproq bugʻlanadi. Natijada gullar atrofga yanada koʻproq ifor taratadi. Buning sababi shundaki, yomgʻirdan keyin uning tomchilari gulning nektarli qismiga yigʻilib, hid taratuvchi moddalari bilan uning tarkibiga aralashib ketadi. Ikki suyuqlik aralashmasi quyosh nurida koʻproq bugʻlana boshlaydi. Demak, yomgʻir tomchilari ularni har doimgidan koʻproq bugʻlantiradi va gullar oʻzidan ikki hissa yoqimli boʻy taratadi.