Nega junjikamiz?
Shifokor olimlar eti uvishayotgan, sovuqdan junjikayotgan odamlarning tana haroratini oʻlchab koʻrishibdi. Ularning harorati odatdagidan 1–2 daraja yuqori chiqibdi. Junjikish – bu muskullarning tez qisqarishidan hosil boʻladigan holat. Odatda, koʻproq harakat qilsak, tanamiz qizib, hatto terlab ham ketamiz. Aksincha boʻlsa-chi, yaʼni sovuq havoda harakatlanishimiz kam boʻlsa, etimiz junjikib, issiq kiyimlarga oʻrana boshlaymiz. Biroq havo haddan ziyod sovuq boʻlsa, kiyimga yoki issiq koʻrpaga oʻranishdan foyda yoʻq. Bunday paytda koʻproq harakatlanish kerak boʻladi.