Qanday farqlaymiz?
Tovuq tuxumlarini suvda pishgani bilan xomini yonma-yon qoʻysak, ularni ajratib boʻlmaydi. Tagʻin farqlash uchun ularni chaqib oʻtirmang. Tuxumlarni stol ustida bir aylantirib koʻring. Pishmagan tuxum oʻzini darrov sotib qoʻyadi, yaʼni bir-ikki aylanib toʻxtaydi. Qaynatilgani esa xomiga nisbatan ikki uch marta koʻproq aylanadi. Nima uchun, degan savol tugʻilishi tabiiy. Qaynatilgan tuxumning oq va sarigʻi uning poʻstlogʻiga yopishib birga aylanadi. Xom tuxumning oq va sarigʻi esa suyuq holatda boʻlgani uchun sekin aylanadi.