Kitob oʻqish zaralimi?
Koʻpchilik odamlar kitobni yotib oʻqishni yaxshi koʻradi. Biroq bu sogʻliq uchun juda zararli. Chunki odam yotib kitob, gazeta, jurnal oʻqiganda miyada qon aylanishi tezlashib, miya faoliyatining meʼyordan tashqari bosimda harakatlanishiga, qon tomirlarining kengayishiga sabab boʻladi. Bu bosim koʻz nuriga ham yomon taʼsir qiladi. Natijada koʻp oʻtmay, koʻzning koʻrish qobiliyati susayadi. Odam organizmi yotganda dam olishga, hordiq chiqarishga moslashgan. Shuningdek, miya faoliyati ham. Biz yotib uxlaymiz, bu paytda miya dam oladi, qon aylanishi sekinlashadi.