Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Pecheniy

Kerakli mahsulotlar: 2 dona tuxum, 140 gramm shakar, bir chimdim tuz, 130 ml.oʻsimlik yogʻi, 2,5–3 piyola un, 1 choy qoshiq razrixlitel, 2 osh qoshiq kakao.

Tayyorlanishi: Tuxum bilan shakarga tuz solib koʻpirtiriladi. Aralashma oqarib koʻpirgandan keyin yogʻ solib, yana aralashtiriladi. Soʻng un bilan razrixlitel qoʻshib xamir qoriladi. Uni teng ikkiga boʻlib olinadi va 1-xamirga 1–2 osh qoshiq kakao qoʻshiladi. Qayishqoq xamir hosil boʻlgach, un sepib, 2–3 sm.qalinlikda yoyib olinadi. Kakao qoʻshilgan xamirni birinchi xamir ustiga yopib (xonimga oʻxshab) oʻraladi. Gul pichoqda (varaqi kesadigan) kesib chiqiladi. Ustiga xohishga qarab gul pichoqda shakl berish mumkin. 200 daraja olovda 15 daqiqada pishadi. Gazda koʻp qolib ketsa, pecheniy qotib qolishi mumkin. Pecheniy ustiga qand upasi sepiladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.