Nonushta uchun
Kerakli mahsulotlar: 1 bogʻ koʻkpiyoz (yana boshqa koʻkatlar qoʻshsa ham boʻladi), 2 dona tuxum, 3 osh qoshiq un, 3 osh qoshiq yogʻ, 0,5 choy qoshiq razrixlitel, un, tuz, murch, (tuyilgan qizil qalampir), quritilgan sarimsoq talqoni.
Tayyorlanishi: Koʻk piyoz mayda qilib toʻgʻraladi va tuxum, ziravorlar, razrixlitel, un, yogʻ solib aralashtiriladi. Blinchik (quymoq) xamiriga oʻxshagan suyuq xamir hosil boʻladi. Kichikroq tovaga ozgina yogʻ solib, aralashma qalinroq quyilib, qoshiq yordamida tekislab yoyiladi. Ustiga qora sedana sepib, 10 daqiqa past olovda usti yopiq holda pishiriladi. Soʻngra orqa tarafini oʻgirib, yana 7–8 daqiqa pishiriladi.