Tvorogli quymoqchalar
Kerakli mahsulotlar: 400 gramm tvorog, 100 gramm shakar, 820 gramm un, 1 dona tuxum, 0,5 qoshiq vanilin.
Tayyorlanishi: Idishga tvorog, shakar, un, tuxum, vanilin solib xamir qoriladi. Xamirni qattiq aralashtirib qorib boʻlmaydi, suyulib ketishi mumkin. Stol ustiga un sepib tvorogli qorishma uzun, qalin arqon shakliga keltiriladi. Keyin bir xil boʻlaklarga boʻlinadi. Yana un sepib, dumaloqlab chetlari tekislanadi. Tovaga ozgina yogʻ solib, pastroq olovda orqa-oldi qizartirib pishiriladi.
NAZOKAT tayyorladi.