Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nima uchun esnaymiz?

Odatda, uyqumiz kelganda esnaymiz. Biroq biz tongda uyqudan toʻyinib turgach ham bir-ikki esnab olamiz. Gohida zerikkanimizda bekorchilikdan ham esnoq tutadi. Bu ikki xil vaziyatdagi esnoqning oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor? Esnoq nima oʻzi?

Esnash bu – chuqur nafas olib, nafas chiqarishdir. Kechqurun charchaganimizda, uxlashdan avval esnaymiz. Lekin uyqusiragan odamning ishlari ham bemajol, unumsiz boʻladi. Bu paytda qondagi kislorod miqdori kamayib, miyadagi qon aylanishi sustlashadi. Shu bois ham uyqusirab turgan odam bajarayotgan ishi, darslardan uyga vazifasini chala, eslab qolmay, mudroq holatda qiladi. Ertasi kuni kechqurun tayyorlagan darslarini eslolmaydi yoki yarim-yorti eslaydi. Tongda esa dam olgan aʼzolar yaxshi ishlaydi, qon tomirlari kislorodga toʻyinadi va miya faoliyati faollashadi, xotira ham kuchayadi. Shuningdek, zerikkanimizda ham tana aʼzolari boʻshashib, nafas olish sustlashadi, natijada, esnoq turadi. Shunday paytlarda oʻrnimizdan turib bir-ikkita yengil jismoniy mashqlarni, yaʼni qoʻl-oyoq, nafas olib-nafas chiqarish mashqlarini bajarsak, zerikishdan hosil boʻlgan esnash oʻtib ketadi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.