Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil 11-son

  • Yurt bayrogʻi

    Elning erk-u gʻururin

    Ramzi, baxt chirogʻi bu.

    Ozod yurt bayrogʻi bu,

    Obod yurt bayrogʻi bu!

     

    Ulugʻ bobolar ruhi,

    Shahdi mujassam unda.

    Elim, degan erlarning

    Ahdi mujassam unda.

     

    Mustaqillik shukuhi,

    Qadri mujassam unda.

    Koʻzimiz qarogʻi bu,

    Ozod yurt bayrogʻi

    ...
  • Ertangi kunga ishonch bilan

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida televizor orqali ko‘p gapirildi, joylardagi tayyorgarliklar namoyish etib borildi.

    Saylov beshta siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘rtasida ochiqlik, oshkoralik, erkinlik, adolat kabi demokratik prinsiplarga, xalqaro me’yorlarga mos holda o‘tdi. Va nihoyat, saylovning yakuniy natijalari e’lon qilindi. Muqobillik

    ...
  • Toshkent – televideniye vatani

    Insonlar juda qadim zamondan buyon yer yuzidagi olis joylarni, samodagi yulduzlar olami-yu, dengizlar tubidagi ajoyibotlarni yaqindan koʻrsatuvchi vositalarni orzu qilib kelganlar. “Oynayijahon”, “Jomi Jamshid”, “Iskandar koʻzgusi” haqidagi afsona, rivoyatlar Sharq xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan edi. Shunga oʻxshash afsona, rivoyat, qissalar Osiyo, Afrika, Ovropa xalqlari ogʻzaki ijodida,

    ...
  • Aka

    Qish boshlanishidan darak berib, izg‘irinli kuzak shamoli esardi. Ustiga-ustak maydalab yog‘ayotgan yomg‘ir shiddati kuchayib, sovuq tomchilar shahardan uyga qaytayotgan Ravshanning yuziga urilardi. Usti shalabbo bo‘lishidan cho‘chigan bola tez-tez yurib  uyiga kirib olishga shoshildi. Kichik temir darvozani ochib, hovliga kirgach ajablandi. Hamma joy zim-ziyo edi. “Qishloqda chiroq

    ...
  • Til – maʼnaviyat koʻrki

    Husni jamolsiz kishi shirin kalom esa,

    Sayd aylar elni nukta fasohat birla desa.

    Haqiqatdan ham Alisher Navoiy hazratlari aytganlaridek, shirin kalom, muloyim ohang har qanday yuzga chiroy baxsh etib, oʻrni kelganda muammolarga ham yechim topib bera olishi mumkin. Shunday ekan, bir-birimizga aytayotgan har bir soʻzimizga eʼtibor qaratmogʻimiz

    ...
  • Yashnobod tumanidagi 161-maktab oʻquvchilarining ijodiy ishlaridan

    Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 161-maktab oʻquvchilarining ijodiy ishlarini ustoz-targʻibotchi, jurnalist Dilorom ISMOILOVA tavsiya etdi.

     

    Doʻst

        Do‘stim Sardor bilan kechki sayrga chiqdik. Birdan to‘g‘rimizdan  bo‘yi mening yarmimdek keladigan it chiqib qoldi. Sardor qochib ketdi, men esa

    ...
  • “Har tongning yangragan qoʻngʻirogʻi bor”

    Hayot qoʻngʻirogʻi

    Mevali daraxtning oʻrni boshqacha,

    Hatto soyasi ham yaraydi beshak.

    Demakki, hayotning qadri buguncha,

    Ertasin kuylagan donishmand yurak.

     

    Fasllar almashib yashaganiday,

    Qoʻl berar ajdodlar avlodlariga.

    Dunyo ham aylanar, axir, paydar-pay,

    Berar mirzoligin

    ...
  • Baxt sen oʻzing

    Baxtim bormi? – soʻraysan oʻgʻlim.

    Shubhang bormi baxtingga, bolam?

    Bunday baxtni koʻra olgan kim,

    Bunday zamon koʻrganmi olam?!

     

    Baxt emasmi, yorugʻ maktabda,

    Oʻz tilingda bilim olishing.

    Baxt emasmi, oppoq choyshabda,

    Shirin-shirin uxlab qolishing?!

     

    Baxt emasmi, ochil

    ...
  • Aqling ishlatar chunon senga doʻst oʻnta polvon

    Aziz oʻquvchilar, darslarni yaxshi oʻzlashtira olmaslik har doim ham qobiliyatning pastligidan dalolat bermaydi. Bunga sabab, miya uchun kerakli moddalarning yetishmovchiligini keltirib chiqaruvchi notoʻgʻri ovqatlanish boʻlishi ham mumkin. Tanangiz oʻsayotgan davrda miyangiz katta miqdorda ozuqa moddalarini talab qiladi. Shunday ekan, tana yaxshi rivojlanishi uchun toʻgʻri

    ...
  • Sinovlarda sinalgan sabr

    Aziz oʻquvchilar! Siz har bir kuningiz samarali oʻtishini nazorat qila olasizmi?! Qimmatli vaqtingizni behuda ishlarga sarflamay, foydali mashgʻulotlar bilan shugʻullanishga harakat qilasizmi?! Bu savollarga koʻpchiligingiz javob berishga qiynalishingiz tabiiy. Sababi, oʻquvchilarning aksariyati bebaho vaqtini nimalarga sarf qilayotganiga umuman ahamiyat

    ...
  • Hushtak

    BenjaminFranklin

    Yoshim yettida edi. Bayramlarning birida oʻrtoqlarim menga bir hovuch chaqa sovgʻa qilishdi. Men oʻsha zahoti oʻyinchoqlar doʻkoniga ravona boʻldim. Yoʻlda ketayotganimda bir bola chalayotgan hushtak sadosi hushimni oʻgʻirladi va doʻkonga kirib bor pulimga hushtak sotib oldim. Uyga qaytgach quloqni qomatga keltirib hushtak chala

    ...
  • Poklik qoʻshigʻi

    Ertalab turib qarasam, garchi hali noyabr tugamagan boʻlsa ham hovlimizni oppoq qor qoplabdi. Allaqachon barglarini toʻkkan boʻlsa-da, hosili ogʻirligidan qaddini koʻtarib ololmagan xurmo daraxti shoxlari yanayam yerga egilib qolibdi. Daraxt tepasida aylanib uchayotgan qargʻa qoʻnishga joy topolmadi shekilli, xunuk qagʻillab tomorqa tomonga oʻtib ketdi. Qor yogʻishdan toʻxtagan boʻlsa-da

    ...
  • Soyabon

    Oftob tushmasin deya,

    Ochasan nurga quchoq.

    Yomgʻir yogʻsa, avaylab

    Oʻrtoq boʻlasan har choq.

     

    Biroq oʻzing yomgʻirda

    Ivib qolganing yomon.

    Doʻl, yomgʻirdan men seni,

    Qanday asray soyabon?

     

    Shahruza Qoʻchqorboyeva,

    Xorazm viloyati Yangibozor tumani 4-maktabning 2-sinf

    ...
  • Kitobning soʻzlari

    Ey mehribon oʻquvchi,

    Meni olgin qoʻlingga.

    Yorugʻlik ulashuvchi,

    Chiroq tutay yoʻlingga.

     

    Buklamasang chetlarim,

    Juda xursand boʻlarman.

    Agar yirtsang betlarim,

    Yaproq kabi soʻlarman.

     

    Tinmay oʻqisang meni,

    Fikrlarga toʻlarsan.

    Kelajakda sen albat,

    Men-la baxtli

    ...
  • Kuz ayvoni

    Kuz ayvoni xazonrezgi

    Uyum-uyum uyilar.

    Shoʻbalagin selkillatib,

    Momom urchuq iyirar...

     

    Boshida toj-qosovasi

    Momom toʻqir olacha.

    Qilichini minib qochar

    Kokili bor bolacha.

     

    – Ha, uying donlarga toʻlgur,

    Jiplarimdi chuvatma.

    Oyogʻimgʻa tushov baylab,

    Momogʻinang

    ...
  • Maktab bogʻi

    Maktabimiz bogʻini

    Yashnatamiz barchamiz.

    Unda bor olma, oʻrik,

    Biz ham bir niholchamiz.

    Mehnat qilamiz tinmay,

    Charchash neligin bilmay,

    Doʻstga koʻmak beramiz

    Mehrni kanda qilmay.

    Biz mustaqil yosh avlod

    Yurtga boʻlamiz qanot.

    Ulgʻayib tinch zamonda

    Vatan quramiz

    ...
  • Borligʻim Vatan

    Jon baxshida etarkan Xudo,

    Ajib tuygʻu etdi rahnamo.

    Es tanibman, mubtalo dilman,

    Ishqing bilan yonaman, Vatan.

     

    Har jilvangdan osoyish topib,

    Unib-oʻsdim mehringda oqib.

    Goʻzalliging kuylagim kelar,

    Chin qalbimdan yuragim yonib.

     

    Qayda boʻlsam dilimda yoding,

    Bizlar jasur, mard

    ...
  • Kuyla, kabutarim

    Moviy samo uzra tinchlik navosi,

    Sukut ogʻushida yurak sadosi.

    Har mahal yurtimga qilganda safar,

    Tinchlik nashidasin kuyla, kabutar.

     

    Orzularim cheksiz ummon singari,

    Har biri chorlaydi yorugʻ yoʻl sari.

    Mehrsiz yurakda boʻlmay darbadar,

    Joʻshqin qalblarga joʻr boʻlgin, kabutar.

     

    Goʻzallik jonimga

    ...
  • Shamol

    Shamol, shamol, shamoljon,

    Buncha shoshib esasan.

    Daraxtlarni silkitib

    Qay manzilni kezasan?

     

    Har tomonga yugurib,

    Koʻrsatasan kuchingni.

    Tinim bilmay yelasan,

    Bilasan oʻz kuchingni.

     

    Samandar BAHROMOV,

    Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanidagi 18-maktabning 3-sinf oʻquvchisi

  • Salom bermay oʻtgan bola

    Salom bermay oʻtgan bola

    Sen, qayerda oʻsgan bola?

    Ota-onang, ajdodlaring,

    Kimligin unutgan bola.

     

    Salomingga birov zormi?

    Salomingga birov xormi?

    Yuraging shunchalar tormi?

    Beodoblik qilgan bola.

     

    Hurmating yoq kattalarga,

    Iltifotni bilasanmi?

    Bilki, besalomlar xunuk,

    Sen ham

    ...
  • Qumdan qurilgan qasr

    Sarlavhani oʻqib, qumdan ham qasr qursa boʻlarkanmi, deb oʻyladingiz-a? Mumkin ekan. Bir kuni qumdan qasr yasashibdi. Kim, deysizmi? Bu – oʻzimizning Orombek-da.

    Orombekning uyidagilar, darsingni tayyorla, kitob oʻqi, deb holi joniga qoʻyishmas ekan. Buyruqlardan bezor boʻlgan Orombek hech kim bezovta qilmaydigan, yolgʻiz oʻz aytganlari boʻladigan qasr qurishga qaror qilibdi. Bu

    ...
  • “Oq kaptarim chiroyli, koʻk kaptarim chiroyli”

    Hazilga hazil

     

    Ukajoniga

    Akasi Asil:

    – Muzqaymoq yeysanmi?! – deb,

    Qilgandi hazil.

     

    Hazilga hazil

    Qaytardi u ham:

    – Xafa boʻlasiz,

    Yoʻtalib bersam.

     

     

    Charchadi

     

    Yomgʻir ham

    ...
  • Nima uchun esnaymiz?

    Odatda, uyqumiz kelganda esnaymiz. Biroq biz tongda uyqudan toʻyinib turgach ham bir-ikki esnab olamiz. Gohida zerikkanimizda bekorchilikdan ham esnoq tutadi. Bu ikki xil vaziyatdagi esnoqning oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor? Esnoq nima oʻzi?

    Esnash bu – chuqur nafas olib, nafas chiqarishdir. Kechqurun charchaganimizda, uxlashdan avval esnaymiz. Lekin uyqusiragan odamning ishlari ham

    ...
  • Koʻzingiz oʻrganguncha

    Agar kunning yorugʻ paytida yarim qorongʻu xonaga kirib qolsangiz, koʻzingiz hech narsani koʻrmay, hammayoq zulmatga aylanadi. Aksincha, qorongʻu xonadan yorugʻlikka chiqsangiz, koʻzingiz qamashib ketadi. Oradan biroz oʻtgach koʻzlaringiz yorugʻlikka yoki qorongʻulikka ham oʻrganadi. Koʻz sohasini oʻrganuvchi olimlar bu holatlarni quyidagicha izohlashadi. Odam yorugʻlikdan qorongʻu xonaga

    ...
  • Hamma gap quloqda

    Uyimizning biror xonasida bolalar baqirishi, musiqa chalishi yoki qoʻshiq kuylashi mumkin. Lekin bu ovozlar kishiga aks-sado boʻlib qaytib kelmaydi. Agar ovozlar kattaroq zalda, maydonda yoki baland togʻlar oraligʻida boʻlsa-chi? Aslida tovushlar-ovozlarning eshitilishi hamma yerda bir xil boʻladi. Faqat ovozlar tor joyda devorga urilib oʻzimizga tez qaytib keladi, keng joyda esa uzoqdan

    ...
  • Devorning qulogʻi bormi?!

    Ona tilimiz shu qadar boy va chiroyliki, undagi soʻz oʻyinlari aqlingizni shoshirishi bejiz emas. Buni quyidagi soʻz oʻyinlari asosiga qurilgan savollar orqali ham bilib olish mumkin. Barcha savollarga toʻgʻri javob yoʻllagan oʻquvchilarni “Gulxan”ning maxsus sovgʻalari kutmoqda.

     

    1-savol: Xalqimizda “Devorning ham qulogʻi bor”, degan

    ...
  • Harflarga haykal

    Kitoblar – tafakkurni oʻstiruvchi omil. Kitoblar soʻzlardan, soʻzlar esa harflardan tashkil topishini hammamiz yaxshi bilamiz. Ana shu bilimlar kaliti boʻlgan harflarni qadriga birinchi boʻlib yetgan rossiyaliklar mamlakat shaharlarida ularga haykal qoʻydi.

    Alifboni boshlab bergan “A” harfiga Novosibirsk shahrida haykal oʻrnatilgan. Aslida, novosibirskliklar shahar

    ...
  • Taʼtildan taʼlim

    Aslida, yozni yoqtirmayman. Chunki koʻproq maktabda boʻlishni, oʻrtoqlarim bilan bellashib bilim olishni istayman.

    Ammo bu yilgi yozgi taʼtilni intiqlik bilan kutdim. Negaki, bu oʻquvchilikdagi soʻnggi taʼtil edi. Buning ustiga yozga juda katta rejalar tuzib qoʻygandim. Taʼtilga chiqib ikki hafta oromgohda dam oldim. Keyin ingliz tili kursidagi mashgʻulotni davom ettirdim. Oʻzimcha

    ...
  • Autumn vibes

    Have you noticed that autumn has come? I was the first to look at the sky and realized that autumn had come. Dawn is red as the red leaves of trees. Somehow cool but pleasant autumn wind is blowing softly on face. The streets are also no longer as noisy and crowded as before. The silence is everywhere and you can hear only the occasional rustling of the yellow leaves of trees. If you look

    ...
  • Fall, Leaves, Fall

    Emily Bronte

     

    Fall, leaves, fall; die, flowers, away;

    Lengthen night and shorten day;

    Every leaf speaks bliss to me

    Fluttering from the autumn tree.

     

    I shall smile when wreaths of snow

    Blossom where the rose should grow;

    I shall sing when nightʼs decay

    Ushers in a drearier day.

  • Autumn Fires

    Robert Louis Stevenson

     

    In the other gardens

    And all up in the vale,

    From the autumn bonfires

    See the smoke trail!

     

    Pleasant summer over,

    And all the summer flowers,

    The red fire blazes,

    The grey smoke towers.

     

    Sing a song of seasons!

    Something bright in

    ...
  • Oqlangan ishonch

    Sizga Muhammadali Rahimov nomi tanishmi? Nahotki, eshitmagan boʻlsangiz! Axir, sportning erkin kurash turi boʻyicha dovrugʻ qozongan oʻquvchi, 9-”B” sinfdan chiqqan chempion-ku!

    – Polvonlik Muhammadalining qonida bor. Otasi Saidakbar ham Sariosiyoning dovrugʻli polvoni boʻlgan, – deydi Muhammadalining sinf rahbari Inobat opa Hamroyeva, – Muhammadali

    ...
  • Temir odam – Ilon Mask

    Bolajonlar, barchangiz dunyoga mashhur “Qasoskorlar” filmidagi Toni Stark – “Temir odam”ni juda yaxshi bilasiz. Badavlat, aqlli, hozirjavob, dovyurak, daho va qahramon Toniga oʻxshashni istamaydigan bola boʻlmasa kerak. Uning aqlli kompyuter qurilmalari, avtomobillari, turli zamonaviy texnologiyalari odamning havasini keltiradi. Eng qiyin texnologik jumboqlarni ham bir zumda yechib

    ...
  • Haydar Muhammad

    Haydar Muhammad 1936-yil Toshkentda tugʻildi. Toshkent davlat pedagogika institutini tugatib (1966), ish faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida (1965–1976) muharrirlikdan boshladi. Koʻp yillar hozirgi Milliy akademik drama teatrida adabiy maslahatchi boʻldi.

    1975-yilda “Koʻnglim mening” nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shundan soʻng “Yoʻllaringga mushtoqman” (1979),

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.