Kuz ayvoni
Kuz ayvoni xazonrezgi
Uyum-uyum uyilar.
Shoʻbalagin selkillatib,
Momom urchuq iyirar...
Boshida toj-qosovasi
Momom toʻqir olacha.
Qilichini minib qochar
Kokili bor bolacha.
– Ha, uying donlarga toʻlgur,
Jiplarimdi chuvatma.
Oyogʻimgʻa tushov baylab,
Momogʻinang chuvlatma.
Momom urchuq iyiradi,
Aylanadi dunyo ham.
Olachaning gullariga
Joylanadi dunyo ham.
Kuz ayvoni.
Supachani
Bezab turar olacha...
Momosini topolmasdan
Zor yigʻlaydi bolacha.
Eʼzoza Namozova,
Samarqand Davlat chet tillar instituti roman-german fakulteti ikkinchi bosqich talabasi