Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Kitobning soʻzlari

Ey mehribon oʻquvchi,

Meni olgin qoʻlingga.

Yorugʻlik ulashuvchi,

Chiroq tutay yoʻlingga.

 

Buklamasang chetlarim,

Juda xursand boʻlarman.

Agar yirtsang betlarim,

Yaproq kabi soʻlarman.

 

Tinmay oʻqisang meni,

Fikrlarga toʻlarsan.

Kelajakda sen albat,

Men-la baxtli boʻlarsan.

 

Sevinch GʻAFFOROVA,

Yangiyoʻl shahar 6-maktabning 9-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.