Borligʻim Vatan
Jon baxshida etarkan Xudo,
Ajib tuygʻu etdi rahnamo.
Es tanibman, mubtalo dilman,
Ishqing bilan yonaman, Vatan.
Har jilvangdan osoyish topib,
Unib-oʻsdim mehringda oqib.
Goʻzalliging kuylagim kelar,
Chin qalbimdan yuragim yonib.
Qayda boʻlsam dilimda yoding,
Bizlar jasur, mard zurriyoding.
Yogʻiy kelsa himoyaga shay,
Shod kuningda doʻst-u oʻrtogʻing.
Elim, yurtim, borligʻim sensan,
Shon-sharafga yorligim sensan.
Oʻzbekiston, madhing beqiyos,
“Oʻziga bek” yorligʻim sensan.
Nozima BOZOROVA,
Yakkasaroy tumanidagi 319-IDUMning 8-sinf oʻquvchisi