Kuyla, kabutarim
Moviy samo uzra tinchlik navosi,
Sukut ogʻushida yurak sadosi.
Har mahal yurtimga qilganda safar,
Tinchlik nashidasin kuyla, kabutar.
Orzularim cheksiz ummon singari,
Har biri chorlaydi yorugʻ yoʻl sari.
Mehrsiz yurakda boʻlmay darbadar,
Joʻshqin qalblarga joʻr boʻlgin, kabutar.
Goʻzallik jonimga oshnodir har on,
Oʻz yoʻling boshlagin doim men tomon.
Yuksakka parvozing bergusi samar,
Qalbim torlarini chertgin, kabutar.
Nilufar HALIMOVA,
Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi 20-maktabning 10-sinf oʻquvchisi