Hamma gap quloqda
Uyimizning biror xonasida bolalar baqirishi, musiqa chalishi yoki qoʻshiq kuylashi mumkin. Lekin bu ovozlar kishiga aks-sado boʻlib qaytib kelmaydi. Agar ovozlar kattaroq zalda, maydonda yoki baland togʻlar oraligʻida boʻlsa-chi? Aslida tovushlar-ovozlarning eshitilishi hamma yerda bir xil boʻladi. Faqat ovozlar tor joyda devorga urilib oʻzimizga tez qaytib keladi, keng joyda esa uzoqdan aks-sado tarzida qaytadi. Demak, hamma gap quloqda ekan-da.