Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Devorning qulogʻi bormi?!

Ona tilimiz shu qadar boy va chiroyliki, undagi soʻz oʻyinlari aqlingizni shoshirishi bejiz emas. Buni quyidagi soʻz oʻyinlari asosiga qurilgan savollar orqali ham bilib olish mumkin. Barcha savollarga toʻgʻri javob yoʻllagan oʻquvchilarni “Gulxan”ning maxsus sovgʻalari kutmoqda.

 

1-savol: Xalqimizda “Devorning ham qulogʻi bor”, degan ibora bor. Lekin bilamizki, devorning qulogʻi boʻlmaydi. Ammo dunyoda haqiqatan quloqli devor bor. Oʻsha devor nomini ayting.

2-savol: Bir odam yotogʻida u yoqdan bu yoqqa dumalab bezovtalanar, ammo hech uxlay olmasdi! Oxiri u telefonini oldi-da, raqam terdi. Bir necha marta chaqiruv qoʻngʻirogʻi ketgach, telefonni oʻchirib, uyquga ketdi. Diqqat savol: U nega uxlay olmagan?

3-savol: Qaysi besh harfdan iborat soʻzga uch harfni qoʻshsak qisqaroq boʻladi?

4-savol: Rossiyada birinchi oʻrinni oldi, Fransiyada ikkinchi, Germaniyada esa uchinchi oʻringa sazovor boʻldi. Diqqat savol: Bu nima?

5-savol: Xitoyliklar nonushtani “Chi fan”, tushlikni “U fan”, kechki ovqatni “Van fan”, deb atashadi. Endi ayting-chi, xitoy tilida “Fan” soʻzi qanday maʼnoni anglatadi?

6-savol: Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday degan: “Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin yolgʻon gapirishga moyil boʻladilar”. Savol: Nimadan oldin?

 

Dilnavoz Najimova tayyorladi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.