Koʻzingiz oʻrganguncha
Agar kunning yorugʻ paytida yarim qorongʻu xonaga kirib qolsangiz, koʻzingiz hech narsani koʻrmay, hammayoq zulmatga aylanadi. Aksincha, qorongʻu xonadan yorugʻlikka chiqsangiz, koʻzingiz qamashib ketadi. Oradan biroz oʻtgach koʻzlaringiz yorugʻlikka yoki qorongʻulikka ham oʻrganadi. Koʻz sohasini oʻrganuvchi olimlar bu holatlarni quyidagicha izohlashadi. Odam yorugʻlikdan qorongʻu xonaga kirganda koʻzga koʻra olish imkonini beradigan nurlar vaqtincha parchalanib ketar ekan. Lekin oradan 10–15 daqiqa oʻtgach, ana shu koʻra olish nurlari sekin-asta tiklanib, siz qorongʻuda ham atrofingizni koʻra boshlar ekansiz. Shuning uchun ham shifokor-rentgenologlar texnik apparatdagi xira tasvirlarni koʻrishga kirishishdan avval oʻzlarini ana shu qorongʻulikka tayyorlar ekanlar.