Yashnobod tumanidagi 161-maktab oʻquvchilarining ijodiy ishlaridan
Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 161-maktab oʻquvchilarining ijodiy ishlarini ustoz-targʻibotchi, jurnalist Dilorom ISMOILOVA tavsiya etdi.
Doʻst
Do‘stim Sardor bilan kechki sayrga chiqdik. Birdan to‘g‘rimizdan bo‘yi mening yarmimdek keladigan it chiqib qoldi. Sardor qochib ketdi, men esa qochmadim, chunki qochsam quvlar edi-da. O‘ylab qoldim: “Nega Sardorni quvlamadi?” It ko‘zimga qarab turardi. Sardor menga qoch, deb baqirardi. It to‘satdan yugurishga tushdi, men it Sardor baqirgani uchun yugurdi, shekilli, deb joyimda qotdim. It yonimdan o‘tib ketadi, deb o‘yladim. Ammo it menga tashlanib qo‘limni tishladi. Men baqirdim, lekin yig‘lamadim, chunki o‘g‘il bolaman-da. Xullas, itning egasi yetib kelib meni shifoxonaga olib bordi. Do‘stlarim meni ko‘rgani kelishdi. Faqat bir do‘stimdan boshqa. Uning ismini sizlarga aytmay qo‘yaqolay. Kimni do‘st deyish mumkinligini men shu yerda bildim.
Ibrohim MO‘MINOV
Sinov
Doʻstlarim bilan har doim aylangani chiqamiz. Chunki biz koʻp qavatli uyda yashaymiz. Shunday kunlarning birida ular oʻzaro qattiq tortishib qolishdi. Bu ham mayli, men ularning oʻrtasida qolib ketdim. Ular menga: “Bittamizni tanla”, – deyishdi. Dugonalarimni sinamoqchi boʻldim. Doʻstlarga ismimni xato yozib berdim. Nigora hammaning oldida xatoimni koʻrsatib baqirdi. Muslima esa yonimga keldi va past ovozda “Xatoingni toʻgʻrilab ol”, dedi.
Malika QURBONMURODOVA
Mehr -oqibat
Bog‘ et dillarni,
Chog‘ et ellarni,
Tog‘ et ko‘ngilni,
Mehr-oqibat
Mehr-oqibat.
Kamayib ketma,
Bizni tark etma,
Aslo o‘ksitma,
Mehr-oqibat
Mehr-oqibat.
Ruxsora RUSTAMOVA