Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Orzu

Barchamizning orzumiz

Ezgulikka yetaklar.

Qop-qorongʻu zulmatni

Yoritadi istaklar.

 

Orzularga yetmoqqa

Avvalo maqsad kerak.

Bu esa uzoq manzil,

Tinimsiz mehnat demak.

 

Orzu baxt-la beqiyos,

Birga tashlaylik qadam.

Bu yoʻlda qilsa ixlos,

Maqsadga yetar odam.

 

Shudir asli haqiqat –

Har dilda orzu kezar.

Yurakda boʻlsa soflik,

Omad hayotni bezar.

 

Ziyodulla HAMIDULLAYEV,

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 185-maktabning 11-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.