Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2021-yil 10-son

  • Oftob jahon ustozlar

    Mehringizning bulogʻidan

    Yuksalmagan millat yoʻq.

    Zahmatingiz orqasida

    Taʼma yoki minnat yoʻq.

     

    Bedor oʻtgan tuningizga

    Jon ichra jon baxshida.

    Mehringizsiz hech bir giyoh

    Siyratida hikmat yoʻq.

     

    Bir harf bir-la qulf ochgaysiz,

    Dilni bogʻlab dillarga.

    Dunyoning ming

    ...
  • Soʻz gavharining bahosi

    Hozirgi suhbatimizda fikr yuritishga chogʻlanib turgan mavzumiz ona tilimiz haqida ekan, ona tilimiz ham oʻzbek millati qadriyatining ajralmas qismidir. Dunyoda keyingi maʼlumotlarga qaraganda, olti mingdan ortiq til bor ekan. Ularning koʻpchiligi isteʼmoldan chiqib yoʻqolib boryapti. Ammo, oʻzbek tili bunday xavotirdan juda yiroq. Tilimiz kundan kunga rivojlanmoqda. Bir qator chet ellarda

    ...
  • “Men sen bilan hayot zavqini tuydim”

    Ehtirom

     

    Jajji qoʻllarimga qalam tutqazib,

    Poshsho koʻnglim aro sarvari inson.

    Goho gʻolib boʻldim, goho yutqazib,

    Sizning mehringizni qoʻmsadim, har on...

     

    Jajji yuragimda keng dunyo ochgan,

    Orzular ulashgan goʻzal, fusunkor...

    Umrini sham yangligʻ ziyoga sochgan,

    Azizim, ustozim, asl

    ...
  • Meni “telezavr” deyishadi

    Qadrli jurnalxon, ehtimol sarlavhani oʻqib, “dinozavr” yer yuzida yashagan eng qadimiy jonivor ekanligi yodingizga tushgandir. Ammo mentelezavr haqida sirayam eshitmagan ekanman. U bilan tanishsa boʻlarmikan, deb hayron boʻlgandirsiz. Hayron boʻlmang, Telezavrni siz juda yaxshi taniysiz. Juda yuzma-yuz uchrashmagan boʻlsangiz ham, baribir taniysiz. Chunki Telezavr bu

    ...
  • “Aziz yoshlar uchun yoshlik gʻanimat”

    Sheʼr

    Gullagan hayotimda jon ila jahonim sheʼr,

    Har na qoʻlga keltirsam jumla xonumonim sheʼr.

     

    Mahramim boʻlib tun-kun bir nafas judo boʻlmas,

    Jonkuyar qadrdonim, chunki mehribonim sheʼr.

     

    Oʻtdi yoshligim, afsus koʻp ogʻir zamonlarda,

    Kuldi oqibat baxtim, boʻldi soyabonim

    ...
  • “Qalbim tubidagi shirin tilagim”

    Vatan muqaddassan

     

    Vatan, sen aslida mening yuragim,

    Qalbim tubidagi shirin tilagim,

    Koʻzimni ochiboq koʻrgan-bilganim,

    Vatan muqaddassan, sen muqaddassan.

     

    Doimo eʼzozda qutlugʻ kitobing,

    U bilan yorugʻdir koʻkda oftobing,

    Oʻzbekning dilida misli mehrobim,

    Vatan muqaddassan, sen

    ...
  • Olis sayyorada

    Davomi. Boshlanishi: Olis sayyorada

    Qiyomat Yolqinlarnikida boʻldi.

    Eshikni taqillatib kelgan qora soqol, koʻzlari muloyim kishining gaplarini Asolat opa dastlab yaxshi anglamadi.

    – Oʻgʻlingiz Yolqinjon mening oʻgʻlim Chiliqkeb bilan oshna, biznikida qoldi, xavotir

    ...
  • Farroshning oʻgʻli

    Dars tugab, qoʻngʻiroq chalindi. Maktab hovlisiga chiqqan bolalar uy-uylariga tarqalishdi. Nozim ham uch-toʻrtta oʻrtogʻi bilan katta koʻchaga qarab yurdi. Yoʻl yuzida sochilib yotgan pista poʻchoqlari, yelim xaltalar-u turli qogʻozlarni koʻrib, taʼbi xira boʻldi. Ayniqsa, ariqning ichi boʻsh baklajka-yu har xil chiqindilarga toʻlib ketgan ekan. Bu ham yetmagandek, oʻrtoqlari muzqaymoqni yeb

    ...
  • Qatʼiyatning mukofoti

    Sport insonni katta maqsadlar sari yetaklovchi kuch. Har bir yigit-qiz kelajagini sport bilan bogʻlar ekan, uning qadrdon doʻsti, hamqadamiga aylanadi. Mamlakatimizda sport bilan oshno boʻlgan, bu sohada katta yutuqlarga erishayotgan yoshlarning safi ortib borayotganligining sababi ham aslida mana shu. Qolaversa, davlatimiz tomonidan bu sohaga ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan jiddiy eʼtibor

    ...
  • “Gulxan” – maktab mehmoni

    Quyi Chirchiq tumanidagi 32-maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda tumandagi maktablarda Ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirok etishdi.

    Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlimi rahbari Gʻaffor Shodmonov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – shoir Yahyo Togʻa,

    ...
  • Mehribon onajonim

    Soʻzlari bol, durdonam,

    Gʻamxoʻrlikda yagonam,

    Hayotda eng mardonam,

    Tengi yoʻq, jonajonim,

    Siz – mening onajonim!

     

    Har dam boshim silaysiz,

    Menga umr tilaysiz,

    Xudodan baxt soʻraysiz,

    Tengi yoʻq, jonajonim,

    Siz – mening onajonim!

     

    Oʻzim sizga doʻst boʻlay,

    Dardingiz boʻlsa

    ...
  • Ona tilim – jon-u dilim

    Onamdan tinglab ilk bor,

    Senga boʻldim chin dost-yor,

    Shaʼningga bitdim ashʼor,

    Mening Ona tilimsan,

    Hamda jon-u dilimsan.

     

    Ajdodlarimdan meros,

    Navoiy etgan eʼzoz,

    Jarangdor va beqiyos,

    Mening Ona tilimsan,

    Hamda jon-u dilimsan.

     

    Sensan qalbimga payvand,

    Keragimsan hamma

    ...
  • Qalbim xonishi

    Dildagi soʻzlarim ayondir senga,

    Sen bilan goʻzaldir mening hayotim!

    Qalbimning koʻzgusi oʻzingsan, sheʼrim!

    Qoʻldagi qalamim mening najotim!

     

    Doimo sen bilan yashab oʻtaman,

    Senga bogʻlangandir jonim rishtasi.

    Bisotim sendirsan, abadiyat sen

    Oʻzingsan qalbimning hur farishtasi!

     

    Senga izhorim koʻp,

    ...
  • Orzu

    Barchamizning orzumiz

    Ezgulikka yetaklar.

    Qop-qorongʻu zulmatni

    Yoritadi istaklar.

     

    Orzularga yetmoqqa

    Avvalo maqsad kerak.

    Bu esa uzoq manzil,

    Tinimsiz mehnat demak.

     

    Orzu baxt-la beqiyos,

    Birga tashlaylik qadam.

    Bu yoʻlda qilsa ixlos,

    Maqsadga yetar

    ...
  • Onam – faxrim

    Onajonim Jonibek Tojieva Xiva shahridagi Pedagogika bilim yurtini tugatib, oʻzi oʻqigan maktabga ishga boradi. Ustozlari bilan bir safda oʻqituvchilik faoliyatini boshlaydi.

    Onamning aytishlaricha, maktab ilmiy boʻlim mudiri har oyda oʻquvchilarning bilimi, darslarni oʻzlashtirishini baholab borar ekan. Navbatdagi tekshiruvlarning birida onamning sinfida ikki nafar, sheriginikida esa

    ...
  • Boshoqcha

    Hoy bola, jon ogʻayni, meni tezroq yashir, shu yergacha zoʻrgʻa qochib keldim. Ortiq madorim qolmadi. Hozir anavi ochopat chumchuqlar yeb qoʻyadi.

    Bahor oftobida isinib oʻtirgan Gʻolibjon bu gʻalati ovozdan hayron boʻlib, yon atrofiga qarabdi. Shunda oyogʻi ostida yotgan bir dona bugʻdoyga koʻzi tushibdi. Bugʻdoydan sal narida esa ikkita chumchuq jahl bilan yer

    ...
  • Aqli kirdi

    Yakshanba, yaqindagina koʻchaga oʻynagani chiqib ketgan Akmaljon hovliqqancha hovliga qaytdi.

    – Dada, dada-a!

    Kursi ustiga chiqib kir yuvayotgan opachasi Aqida soʻradi:

    – Namuncha baqirmasang! Dadam nimaga kerak boʻlib qoldilar yana?..

    – Aytmayman!

    – Xo-o, buni qaranglar-a... Dadajoning uyda yoʻqlar!

    – Varrak yasab berishlari kerak!

    ...
  • Non ushoqlari

    Oʻgʻilchaga tanbeh berildi. Ayni tushlik paytida: “Noningni dasturxon yonida ye! Toʻpingni keyin oʻynaysan!..”

    Oʻgʻilcha parvo ham qilmadi: oyogʻida toʻp, qoʻlida non...

    – Kimga aytyapman?! Dasturxonga kel!

    Koʻzi toʻpda, qoʻlida non, qulogʻida – tinglagich...

    – Hoy, bemaza! Nonning ushoqlari toʻkilyapti!

    Telefondan ashula tinglayotgan bolaga tanbehlar

    ...
  • Shabada elektr stansiyasi

    “Elektrotexnik ishlar” toʻgaragiga qatnashni boshlagan birinchi kunlarimdanoq butun xayolimni qayta tiklanuvchan muqobil elektr toʻk manbalari va ulardan amaliyotda foydalanish masalasi aylanardi. Chunki har yili erta bahordan to kech kuzgacha oila aʼzolarimiz bilan birgalikda dalada chayla qurib yashaymiz, u yerda esa har doim ham elektr toki boʻlavermaydi. Bu ham kamlik qilgandek, baʼzida

    ...
  • Ustozlar, sizga taʼzim

    Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 106-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatda 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan adabiy kecha ana shunday nomlandi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Munisa Qodirova hamda Barno Abdunabiyeva olib borgan bayram tadbirida qatnashgan oʻquvchilar dil soʻzlari, yodlagan sheʼrlari orqali xuddi oʻz ota-onalaridek mehr

    ...
  • Zindonak

    Har tong uygʻonib tashqariga chiqqanimda, koʻz oldimda butun salobati bilan Ketmonchopti togʻi namoyon boʻladi. Togʻni zavq bilan kuzataman, baland qoyalar bagʻridan taralayotgan buyuklik qudrati goʻyo menga kuch-quvvat, tetiklik bergandek boʻladi. Bir togʻlik moʻysafid aytganidek, bir umr togʻlarga qarab talpindik, togʻlarga boqib aslo toliqmadik. Shu talpinish, ilhaqlik bizni oxir-oqibat

    ...
  • Mehr va eʼzoz bayrami

    Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktabda “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Uni maktab direktori Feruza Azimova ochib, ustoz va murabbiylarimizning dunyo tamadduniga va kelajak poydevoriga qoʻshayotgan bemisl xizmatlari haqida gapirdi. Soʻng maktabning barcha ustozlari, shuningdek, ushbu dargohda koʻp yillar davomida rahbarlik qilgan,

    ...
  • Stories with morals

    Do you remember the stories that you read as a child? There was something about them – many were stories with morals! Stories with morals impart all-important life lessons to a child, which in turn forms a strong foundation for them to respond to life situations. Eg: Handling disappointment, being kind, etc. So that we decided to provide you the best moral stories of The world children

    ...
  • Ustozlar

    Mehridan nur taralgan,

    Ezgulik-chun yaralgan.

    Umrining naq yarmini

    Bolalarga berolgan

    Fidoyi ustozlarim,

    Ziyoli ustozlarim.

     

    Sinfxona toʻridan,

    Dur soʻzlarin terolgan,

    Farzandi uyda qolib

    Bizga mehrin berolgan.

    Fidoyi ustozlarim,

    Ziyoli ustozlarim.

    Mehringizni gohida

    Hilolga

    ...
  • Vaqt oʻgʻrilari

    Qoʻshni uyda yashovchi Rahmatulloh bilan yaqin doʻstmiz, qadrdon boʻlib ketganmiz. Bir kuni u bilan tong saharlab azbaroyi nima qilishni bilmaganimizdan, kattagina taxta boʻlagidan nimadir yasayotgan paytimiz “taq-taq” degan ovozdan hovlidagi supada uxlayotgan dadam uygʻonib ketdi. Koʻzlarini chala ochib:

    – Obbo, vaqt oʻgʻrilari-yey! Yana vaqtingizni bekorga sarflayapsizmi? –

    ...
  • “Qush nomlarin sharhladim”

    Aziz oʻquvchilar! Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nabijon ERMATOV qiziqarli topishmoq va tez aytishlari orqali siz oʻquvchilarga yaxshi tanish. Ijodkorning yaqinda “Muharrir” nashriyotida chop etilgan qanotli doʻstlarimiz – qushlarning turli xususiyatlari haqidagi kitobi ham sizga manzur boʻladi, deb oʻylaymiz.

     

    Qushlar

    ...
  • Shoira bilan uchrshuv

    Poytaxt yonginasida joylashgan maktabimizda 3000 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi. Bizda nafaqat oʻqitish, balki tarbiya berish ishlari ham namunali yoʻlga qoʻyilgan. Izlanuvchan, fidoyi ustozlar koʻp. Maktabimiz rahbari Shohista Niyozova saʼy-harakati tufayli oʻquv dargohimiz tabiiy fanlar – kimyo, biologiya hamda matematikaga ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi – IDUM maqomini

    ...
  • Sehrli soʻz

    Rus bolalar yozuvchisi Valentina OSEYEVA 1902-yil 28-aprelda Kiyevda muhandis oilasida tugʻilgan. Boʻlajak yozuvchining bolaligi Volganing Katta Samara shahrida oʻtdi. Otasi muhandis, onasi esa gazetada musahhih boʻlib ishlagan. UningQizil mushuk,Buvi,Otaning koʻylagi,Mening oʻrtogʻim,

    ...
  • Qamchibek Kenja

    Qamchibek Kenja 1946-yili Andijon viloyatining Izboskan tumanida tugʻildi. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) ning avval jurnalistika, soʻng filologiya fakultetlarida tahsil oldi (1964–1969).

    Mehnat faoliyatini “Oʻzbekiston madaniyati” (hozirgi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”) gazetasida boshlab (1969–1979), keyin Izboskan tumani “Paxtakor” gazetasida adabiy xodim, boʻlim

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.