- Rukn: Sheʼrlar
- 700 marta ko‘rilgan
Oftob jahon ustozlar
Mehringizning bulogʻidan
Yuksalmagan millat yoʻq.
Zahmatingiz orqasida
Taʼma yoki minnat yoʻq.
Bedor oʻtgan tuningizga
Jon ichra jon baxshida.
Mehringizsiz hech bir giyoh
Siyratida hikmat yoʻq.
Bir harf bir-la qulf ochgaysiz,
Dilni bogʻlab dillarga.
Dunyoning ming savobida
Harfingizcha himmat yoʻq.
Gʻubori yoʻq har yurakda
Yashnatgaysiz katta bogʻ,
Ul maʼrifat bogʻi ichra
Shahdingizsiz gʻayrat yoʻq.
Qanoatdan, itoatdan
Vatan darsiga chorlarsiz,
Shundan oʻzga yurt bogʻiga
Bizda havas, nafrat yoʻq.
Soʻz mulkida Yassaviydur,
Navoiydur, Shayx Saʼdiy,
Alarki sizga bosh ekkay,
Qay satrida hayrat yoʻq?!
Qarshingizda taʼzimdamiz,
Oftobjahon ustozlar,
Yer yuzida siz qurgandek
Sohibqiron davlat yoʻq!
Farogʻat XUDOYQULOVA