Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qalbim xonishi

Dildagi soʻzlarim ayondir senga,

Sen bilan goʻzaldir mening hayotim!

Qalbimning koʻzgusi oʻzingsan, sheʼrim!

Qoʻldagi qalamim mening najotim!

 

Doimo sen bilan yashab oʻtaman,

Senga bogʻlangandir jonim rishtasi.

Bisotim sendirsan, abadiyat sen

Oʻzingsan qalbimning hur farishtasi!

 

Senga izhorim koʻp, koʻngil rozim koʻp,

Senga talpinadi bu jajji yurak.

Nazm gulshanida ikkimiz yolgʻiz

Qolib mangu yashash – mendagi istak.

 

Shoir qalbi ekan guldayin nozik,

Ul nozik xilqatga sheʼr erur malham.

Soʻzlar tiziladi goʻyo dur kabi,

Ajib nur taratar ul qora qalam.

 

Gulmira Ravshanbekova,

Xiva shahar Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.