Ona tilim – jon-u dilim
Onamdan tinglab ilk bor,
Senga boʻldim chin dost-yor,
Shaʼningga bitdim ashʼor,
Mening Ona tilimsan,
Hamda jon-u dilimsan.
Ajdodlarimdan meros,
Navoiy etgan eʼzoz,
Jarangdor va beqiyos,
Mening Ona tilimsan,
Hamda jon-u dilimsan.
Sensan qalbimga payvand,
Keragimsan hamma vaqt,
Til boʻlsa yashar millat,
Mening Ona tilimsan,
Hamda jon-u dilimsan.
Muxlisaxon Hasanjonova,
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi 12-maktabning 8-sinf oʻquvchisi