Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mehribon onajonim

Soʻzlari bol, durdonam,

Gʻamxoʻrlikda yagonam,

Hayotda eng mardonam,

Tengi yoʻq, jonajonim,

Siz – mening onajonim!

 

Har dam boshim silaysiz,

Menga umr tilaysiz,

Xudodan baxt soʻraysiz,

Tengi yoʻq, jonajonim,

Siz – mening onajonim!

 

Oʻzim sizga doʻst boʻlay,

Dardingiz boʻlsa olay.

Ollohdan umr tilay,

Bor boʻling, jonajonim,

Siz – mening onajonim!

 

Guliraʼno ABDULLABEKOVA,

Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 154-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.