Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shoira bilan uchrshuv

Poytaxt yonginasida joylashgan maktabimizda 3000 nafarga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi. Bizda nafaqat oʻqitish, balki tarbiya berish ishlari ham namunali yoʻlga qoʻyilgan. Izlanuvchan, fidoyi ustozlar koʻp. Maktabimiz rahbari Shohista Niyozova saʼy-harakati tufayli oʻquv dargohimiz tabiiy fanlar – kimyo, biologiya hamda matematikaga ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabi – IDUM maqomini oldi.

Yaqinda taniqli shoira, “Mehnat shuhrati” oʻrdeni sohibasi Umida Abduazimova, ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchi, ijodkor oʻqituvchi Mahmuda Valiyeva, Toshkent tumani xalq taʼlimi boʻlimi uslubchisi Asolat Ahmadqulovalar maktabimiz mehmoni boʻlishdi. 3-sinf oʻquvchilari ishtirokida Umida Abduazimovaning “Mehmon-mehmon oʻynaymiz”, “Nasiba”, taniqli shoir Dilshod Rajabning “Poyezdning bolasi!” kitoblari taqdimoti oʻtkazildi. Muallif Umida Abduazimova bolalik yillari, toʻgarakdagi ustozlari, ilk kitobi, qadrdon maktabi haqida hayajon bilan hikoya qildi, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Shu kuni oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” boshlangʻich sinf oʻquvchilarining milliy hunarmandchiligimizga boʻlgan qiziqish va mahoratining oʻziga xos namoyishiga aylandi. Bolalar yasagan naqqoshlik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari bobolarimiz hunari ishonchli qoʻllarda ekanligini ifodaladi. “Quvnoq estafeta” sport musobaqalari, “Bilimingni sina” intellektual oʻyinlari qizgʻin bahslar ostida oʻtdi. Gʻoliblarga kubok va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

 

Munira ISMOILOVA,

Toshkent tumanidagi 9-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.