Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Ustozlar

Mehridan nur taralgan,

Ezgulik-chun yaralgan.

Umrining naq yarmini

Bolalarga berolgan

Fidoyi ustozlarim,

Ziyoli ustozlarim.

 

Sinfxona toʻridan,

Dur soʻzlarin terolgan,

Farzandi uyda qolib

Bizga mehrin berolgan.

Fidoyi ustozlarim,

Ziyoli ustozlarim.

Mehringizni gohida

Hilolga oʻxshataman.

Bilim sandigʻingizni

Zilolga oʻxshataman.

Fidoyi ustozlarim,

Ziyoli ustozlarim.

 

Ona tebratsa beshik,

Siz dunyo tebratasiz.

“Vatan” uchun ajoyib

Vorislar yaratasiz.

Fidoyi ustozlarim,

Ziyoli ustozlarim.

Tojixol NURMATOVA,

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 90-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.