Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Gulxan” – maktab mehmoni

Quyi Chirchiq tumanidagi 32-maktabda boʻlib oʻtgan tadbirda tumandagi maktablarda Ijodiy-madaniy ishlar boʻyicha faoliyat olib borayotgan targʻibotchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirok etishdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman boʻlimi rahbari Gʻaffor Shodmonov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari – shoir Yahyo Togʻa, yozuvchi Luqmon Boʻrixon, “Gulxan” jurnali bosh muharriri Zahro Hasanova, shoira Nargiza Asadova, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri Nurilla Chori, tuman “Erkin soʻz” gazetasi bosh muharriri Malohat Risboyevalar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar bolalarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishni orttirish, ularning boʻsh vaqtini turli toʻgaraklarda oʻtkazish, bolalar nashriga boʻlgan qiziqish va mutolaani rivojlantirish borasida fikr va mulohazalar bildirishdi.

Maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan sheʼr, raqs va qoʻshiqlar davraga fayz bagʻishladi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda homiy fermerlar tomonidan maktab kutubxonasiga koʻplab badiiy kitoblar sovgʻa qilindi. Tuman “Parvoz” adabiy toʻgaragi aʼzolarining chiqishlari hammaga manzur boʻldi. Ayniqsa, tadbirda faol ishtirok etgan oʻquvchilarga “Gulxan” jurnali taqdim etilganligi bolalarga quvonch bagʻishladi.

 

Zarnigor Bakirova,

“Parvoz” adabiy toʻgaragi aʼzosi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.