Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurt bayrogʻi

Elning erk-u gʻururin

Ramzi, baxt chirogʻi bu.

Ozod yurt bayrogʻi bu,

Obod yurt bayrogʻi bu!

 

Ulugʻ bobolar ruhi,

Shahdi mujassam unda.

Elim, degan erlarning

Ahdi mujassam unda.

 

Mustaqillik shukuhi,

Qadri mujassam unda.

Koʻzimiz qarogʻi bu,

Ozod yurt bayrogʻi bu!

 

Yuksaklarga xilpirab,

Porlab turar hamisha.

Buyuk gʻalabalarga

Chorlab turar hamisha.

Ezgulik mayogʻi bu,

Ozod yurt bayrogʻi bu!

 

Dilshod Rajab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.