“Gulxan” bilimdoni
1. Manbalarga qaraganda, ushbu tarixiy hudud qadimgi Sugʻd poytaxti boʻlgan. Shaharning nomi esa Firdavsiyning “Shohnoma” asaridagi afsonaviy qahramon, shoh nomidan olib qoʻyilgan ekan. Biz esa bu qadimiy shahar nomini tez-tez nomi oʻzgarmagan holatda zamonaviy koʻrinishida eshitib turamiz. Aytingchi, gap qanday tarixiy shahar haqida bormoqda?
2. U haqidagi afsonalarga koʻra, qamalda och, hech vaqosiz qolgan qoʻshin uning ortidan yanada kuchayganini va yakunda gʻalaba qozonganini koʻrish mumkin. Yana bir afsonaning bir qismiga koʻra, ona oʻz bolalarini aynan undagi shaqur-shuqur ovozlar bilan tinchlantirishga harakat qilib, bunga erishgan. Gap nima haqida bormoqda?
3. Ilk marta bu jonzod haqida Yevropada rimlik tarixchi oʻz asarlarida keltirib oʻtgan va unga “yoʻlbarsga oʻxshash, quyoshning otlari” deya taʼrif bergan. Gap qaysi jonzod haqida bormoqda?
4. Erkin Vohidovning “Oʻzbegim” sheʼrida ular soni 100 ta, Abdulla Oripovning “Sen bahorni sogʻinmadingmi?” va Muhammad Yusufning “Samarqand” sheʼrlarida esa ularning soni kamroq, yani 24 ta. Aytingchi, gap nima haqida bormoqda?
3-son javoblari
1. Bolalik!
2. Yunon-rum kurashi. Izoh: Gretsiya va Italiya davlatlarining avvalgi nomlariga ishora.
3. Javob: Muzlatgich!
4. Uyqu! Izoh: Yarim uyqu bu miyaning yarmi dam olib, qolgan ikkinchi qismi ishlab turishi. Suv jonzotlari, asosan kitsimonlar, delfinlar, timsoh va qushlar yarim uyqudan dam olishar ekan. Bu esa qoʻqqisdan boʻladigan hujum yoki nafas olishning bir maromda borishini taʼminlab berar ekan. Bogʻchada esa bolalar uxlamay injiqlik qilishadi.
5. Tilla tish! Izoh: Oʻrta asrlarda har bir dengizchida hech boʻlmaganda bitta tishi yasama – tilladan boʻlishi kerak boʻlgan. Zarur boʻlsa, sogʻlom tishini ham qurbon qilib, tillaga almashtirishgan. Agar mabodo pul kerak boʻlsa yoki dengizchi olamdan oʻtib qolsa, uni uyiga qaytarish yoki dafn marosimi koʻngildagidek oʻtishi uchun aynan shu tilla tishni sotib oʻtqazishgan yoki dengizchini uyiga joʻnatishgan.